U yolg‘iz emas — ichida copywriter, SMM menejer, dizayner, montajor va targetolog ishlaydi. Marketolog qiladigan ishni qiladi: reja tuzadi, kontent tayyorlatadi, reklamani ishga tushiradi va natijani har kuni kuzatadi. Agentlik va frilanserlarga ketayotgan xarajatning bir qismiga.

Ishlaydigan joylari:
Marketolog, SMM menejer, dizayner, montajor, targetolog — har biri bilan alohida kelishuv, alohida to‘lov va alohida hisobot. Pul qayerga ketgani va nima natija bergani bir joyda ko‘rinmaydi.

AI marketolog strategiya tuzadi va vazifalarni o‘z ishchilariga taqsimlaydi. Siz faqat natijani ko‘rib, tasdiqlaysiz.
Biznesingizni o‘rganadi, oylik strategiya va kontent-reja tuzadi, budjetni taqsimlaydi, raqobatchilarni tahlil qiladi va har hafta sizga qisqa hisobot beradi.

Post matnlari, captionlar, reklama matnlari. Instagram uchun qisqa, Telegram uchun o‘qiladigan uzun — har biri o‘z formatida.

Kontent-reja bo‘yicha postlarni Instagram, Telegram va Facebook’ga o‘z vaqtida chiqaradi.

Brendingiz ranglari va uslubida post rasmlari, bannerlar va reklama kreativlari.

Telefonda olingan oddiy kliplaringizdan subtitr va musiqa bilan tayyor Reels va qisqa videolar.

Meta Ads’da auditoriya, budjet va kreativni sozlaydi, siz tasdiqlagach reklamani ishga tushiradi va har kuni kuzatadi.
Agent avval biznesingizni o‘rganadi: mijozingiz kim, nima sotasiz, raqobatchilar kim. Keyin shunga mos marketing qiladi.

Nima sotasiz, narxlar, mijozlaringiz va uslubingiz haqida qisqa suhbat. Instagram, Telegram va reklama kabinetini ulaysiz.
Oylik strategiya va haftalik kontent-reja. Jamoa matn, rasm, video va reklama kreativlarini tayyorlaydi.
Tasdiqlangan kontent chiqadi, reklama ishga tushadi, marketolog natijani har kuni kuzatib, haftalik hisobot beradi.
Oy oxirini kutmaysiz. Targetolog har bir reklamani kuzatadi: ishlayotganini kuchaytiradi, samarasizini to‘xtatadi va nima uchun o‘zgartirganini tushuntiradi.

Marketolog, SMM, dizayner, montajor, targetolog — alohida-alohida
Butun jamoa — bitta obunada
Ish tezligi ijrochilarga bog‘liq
Haftalik kontent oldindan tayyor
Reklama natijasini oy oxirida bilasiz
Reklama har kuni kuzatiladi
Raqobatchilar tahlili yo‘q
Raqobatchilar tahlili muntazam
U bizneslarga bosqichma-bosqich berilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tganlarga navbat bilan kirish ochiladi va siz bilan Telegram orqali bog‘lanamiz.
Instagram, Telegram va Meta Ads orqali mijoz topadigan bizneslar uchun mo‘ljallangan. Marketolog ishni biznesingizni o‘rganishdan boshlaydi.
Yo‘q. Kunlik va oylik budjet chegarasini siz belgilaysiz. Yangi reklama va katta o‘zgarishlar sizning tasdig‘ingizdan keyin ishga tushadi.
Shart emas. AI marketolog xodimingizning ishini tezlashtirishi ham mumkin. Qaysi variant sizga mosligini erta kirish davrida birga ko‘ramiz.
O‘zbek tilida. Kerak bo‘lsa rus tilida ham.
Narx hali e’lon qilinmagan. Erta kirish ro‘yxatidagilar narxni birinchi bo‘lib bilishadi.
2 daqiqalik so‘rovnomani to‘ldiring — AI marketologni birinchilardan bo‘lib sinab ko‘rasiz.
